Extension maxfiyligi

Alifboçi Chrome Extension maʼlumotlarni qurilmangizning özida qayta işlaydi.

Maxfiylik bayonoti

Oxirgi yangilaniş: 2026-yil 16-iyul

Qanday maʼlumotlar qayta işlanadi?

Popupʼga kiritilgan matn, foydalanuvçi tanlagan matn va foydalanuvçi buyruği bilan konvertatsiya qilinadigan joriy sahifa matni faqat qurilmada qayta işlanadi.

Alifboçi bu matnlarni yiğmaydi, öz serveriga yubormaydi va uçinçi tomonlarga bermaydi.

Qurilmada nimalar saqlanadi?

Tanlangan mavzu va şaxsiy konvertatsiya istisnolari chrome.storage.local orqali foydalanuvçining Chrome profilida saqlanadi.

Bu sozlamalar taşqi server bilan sinxronlanmaydi. Ularni extension sozlamalaridan öçiriş yoki extensionni brauzerdan olib taşlaş mumkin.

Tarmoq va uçinçi tomonlar

Extension konvertatsiya uçun internet, reklama, analitika, taşqi API yoki masofaviy koddan foydalanmaydi.

Köriş tarixi, autentifikatsiya maʼlumotlari va tölov maʼlumotlari yiğilmaydi.

Chrome ruxsatlari

activeTab va scripting — faqat foydalanuvçi buyruği bilan joriy sahifadagi matnni vaqtinça konvertatsiya qiliş uçun.

contextMenus — tanlangan matn uçun Alifboçi amallarini körsatiş uçun. clipboardWrite — tayyor natijani nusxalaş uçun. storage — mavzu va şaxsiy istisnolarni lokal saqlaş uçun.

Boğlaniş

Maxfiylik böyiça savollar uçun alifbochi@gmail.com manziliga yozing.